Abilimpiks
Loyiha haqida
Abilimpiks — Ziyo Forumning inklyuziv ijtimoiy-taʼlim loyihasi boʻlib, nogironligi boʻlgan shaxslarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ularning taʼlim olishi, oʻz salohiyatini namoyon etishi va mehnat bozorida munosib oʻrin egallashini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyiha teng imkoniyatlar va inklyuziv jamiyat tamoyillarini ilgari suradi.
Loyiha nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbiy rivojlantirish va jamiyatga faol integratsiya qilish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, hozirga qadar 1 marotaba oʻtkazilgan.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish
- Kasbiy koʻnikmalarni oshirish
- Teng imkoniyatlarni taʼminlash
- Bandlik va ijtimoiy integratsiyani qoʻllab-quvvatlash
VAZIFALAR
- Kasbiy musobaqalarni tashkil etish
- Amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish
- Ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish
- Inklyuziv jamiyat gʻoyalarini targʻib qilish
Yoʻnalishlari
Qanday oʻtkaziladi
Loyiha kasbiy musobaqalar, mahorat darslari, seminarlar, ekspertlar bilan uchrashuvlar va ish beruvchilar bilan muloqotlar shaklida tashkil etiladi. Kasbiy musobaqalar yakunida eng yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilar diplom va sovrinlar bilan taqdirlanadi.
Asosiy tadbirlar
- Kasbiy musobaqalar
- Master-klasslar
- Treninglar
- Ish beruvchilar bilan uchrashuvlar
- Taqdirlash marosimi
Kim ishtirok etadi
ISHTIROKCHILAR
Nogironligi boʻlgan shaxslar, kasb-hunar taʼlimi oʻquvchilari, taʼlim muassasalari vakillari, ish beruvchilar va volontyorlar.
SPIKERLAR VA MENTORLAR
Kasbiy taʼlim mutaxassislari, ish beruvchilar, ekspertlar va inklyuziv taʼlim sohasi vakillari; mentorlar sifatida tajribali mutaxassislar va kasbiy taʼlim ekspertlari faoliyat olib boradi.
Loyiha taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari, ish beruvchilar va jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Raqamlarda Abilimpiks
Erishilgan natijalar
Loyiha davomida ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalari rivojlandi, inklyuziv taʼlim va bandlik imkoniyatlari kengaydi, jamiyatda teng imkoniyatlar tamoyillari targʻib qilindi hamda taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlandi. Abilimpiks Ziyo Forumning rasmiy axborot kanallari, ijtimoiy tarmoqlari va hamkor tashkilotlarning media resurslari orqali yoritib boriladi.
Kelajakdagi rejalar
Kelgusida loyihani respublika miqyosida kengaytirish, yangi kasbiy yoʻnalishlarni joriy etish, xalqaro Abilympics harakati bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda nogironligi boʻlgan yoshlarning bandligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
