Xayriya
STIMULUS — bu “Stixiya” festivali doirasidagi kraudfanding loyihasi bo‘lib, u Muynoqda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan biz Muynoqdagi eng qadimgi musiqa maktabi uchun royal xarid qilish loyihasini e’lon qilamiz. Bu shahardagi birinchi royal bo‘ladi. Bu shunchaki musiqa asbobi emas — bu yosh musiqachilar uchun yangi imkoniyatlar ramzi. Ular endi munosib darajada o‘qish va chiqish qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yangicha tovushni idrok etish darajasini, demak, ta’lim sifatini ham o‘zgartiradi. Bizning tashabbusimiz nafaqat asbob xaridini, balki uzluksiz ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.
Ilm-fan va ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi — «Ziyo Forum»
Toshkent shahri, Kushbegi ko‘chasi, 8-uy
