8-martga bagʻishlab tayyorlangan foto-loyiha ayollarning faqatgina nozik va nafis xislatlari bilan bogʻliq emasligini koʻrsatib berdi.
Baʼzilar yorqin va ijodkor boʻlishni, boshqalar esa kuchli va mustaqil boʻlishni xohlaydi. Bu ularning tanlovi.
Bunday tanlovni har birimiz qilishimiz, qalbimiz yoki hayotimizdagi hodisalar tufayli qilgan tanlovlarimiz uchun uyat his qilmasligimiz kerak.
Bizning foto-loyihamiz nafaqat kasblar haqida, balki qadriyatlarni va hobbi tanlash, oʻz pozitsiyasini belgilash haqida ham. Olam yaxshi tomonga oʻzgarmoqda, bu bilan odamlarni, shuningdek, ayollarni boricha qabul qilish ham ommalashmoqda.
Har bir inson borligicha tan olinishga loyiqdir. Shu oʻrinda, 8-mart uchun eng munosib tabrik «shundayligingizcha qoling va bizni xursand qilishdan charchamang» emas, «doim oʻz ustingizda ishlang, oʻzgarishdan qoʻrqmang va oʻz oʻzingizni xursand qilib yashang» boʻladi.