ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

Londonga sayohat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari Londonga tashrif buyurishdi!

16-24 dekabr kunlari Respublika bosqichining barcha ishtirokchilari 70 nafar talaba 14 nafar murabbiy bilan Buyuk Britaniya, Berkshir kollejida mamlakat madaniyati va tili bilan yaqindan tanishmoqda.

Bu erda ular Angliyani butunlay boshqacha nuqta nazardan ko‘rishdi. Londondan farqli o‘laroq, bu yerda sayyohlarni kamdan-kam ko‘rasiz. O‘quvchilar faqat yangi madaniyatni o‘rganish bilan cheklanib qolmay, balki chet elliklar bilan ham o‘zimizning madaniyatimizning bir qismini baham ko‘rishga qaror qilishdi. Ular milliy hunarmandchilik buyumlarini aholi va sayyohlarga esdalik sifatida taqdim qilishdilar va O‘zbekistonni uzoq yillar eslashiga ishonch hosil qilishdi. Dasturda Londondagi muzeylar, madaniyat markazlari, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish va Oksford va Kembrij universitetlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, yozda olimpiadaning final bosqichida ishtirokchilar ingliz tilidan bilimini baholash bo‘yicha jamoaviy test sinovlarida qatnashgan. Bilimlar Cambridge Assessment English (Buyuk Britaniya) metodologiyasiga muvofiq Linguaskill testi yordamida baholandi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Chet tillarni targ‘ib qilish agentligi va lm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi Ziyo Forum  ko‘magida tashkil etilgan.

photo_2022-12-19_14-14-22 (2)

photo_2022-12-19_14-14-18

photo_2022-12-19_14-14-21

photo_2022-12-19_14-14-20

photo_2022-12-19_14-14-16

photo_2022-12-19_14-14-19 (2)

 

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.