ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

«Ona tilim – mening faxrim» - o‘zbek tilida so‘zlarni o‘rganishning zamonaviy usuli

 

O‘zbek tilining boyligi to‘g‘risida negadir gapirmaslikni va hech qanday izoh bermaslikni ma’qul ko‘rishadi. Shunday bo‘lsa ham, o‘zbek tili bir qarashda tushunarsiz bo‘lgan so‘z va iboralarga to‘la. Bu so‘zlarning ma’nosini boshqa tillarga oid so‘zlar ochib bera olmaydi. Ularni dunyoning biron tiliga tarjima qilish imkonsiz. Qilinganda esa ularning ma’nosini to‘liq ochib berishning iloji yo‘q.

 

Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan ana shunday so‘zlar ishtirokida kampaniya yo‘lga qo‘yildi. Tarjima qilish qiyin bo‘lgan 10 ta so‘z rus tilidagi ma’nosi bilan qora futbolkalarda oq yozuv bilan chop etildi. Yosh avlod o‘rtasida ona tili, uning qadriyatlariga qiziqish va tilni o‘rganish ahamiyatini oshirish maqsadida futbolkalar yoshlar tomonidan tarqatildi. Bu o‘zbek tilining o‘ziga xos targ‘ibotiga aylandi.

 

Kampaniya mahalliy bloger va inflyuenserlar, xususan, Feruzxon Yoqubxojayev, Sardor Babayev, Timur Alixonov, Nizamo, Alim Hayitmuhamedov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

DSC06614 DSC08838 DSC06660IMG_0932 (2) DSC08736 IMG_1038

 

«Futbolkalar - bu 10 ta so‘zdan iborat sayyor lug‘at. Bu bizning ilk to‘plamimiz bo‘lib, g‘oyamiz omma tomonidan qarshilangach, u davom ettiriladi. Futbolkalarning bosh maqsadi adabiy o‘zbek tilini ommalashtirish va yosh avlodni o‘z ona tilida gapirishga, kam qo‘llaniladigan so‘zlarni eslab qolishga undashdir. Futbolkalarni tayyorlagunimizcha, mening o‘zim ham qachonlardir esdan chiqarilgan so‘zlarni yodga oldim. Bundan tashqari, futbolkalar O‘zbekistonga kelib, o‘zbekcha so‘zlarni o‘rganish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun ham foydali vosita hisoblanadi. Bizning fondimiz zamon bilan hamnafas o‘sib bormoqda, shu sababli, biz kelgusida ham trendda bo‘lishni hamda mazmunli va to‘g‘ri g‘oyalarni targ‘ib etuvchi yangi mahsulotlarni yaratishni rejalashtirganmiz. Yoshlar o‘z ildizini unutmasligi lozim», — deydi Bobur Farmonov, Ziyo Forum fondi direktori.

 

O‘zbek tili faqat Alisher Navoiy asarlarida emas, har bir o‘zbekistonlikda yashaydi. So‘zlar o‘zbek xalqining qadriyatlari, madaniyati, an’analari va milliy o‘ziga xosligini aks ettiradi. “Valakisalang”, “ko‘zingga qara”, “farosat” so‘zlari yozilgan futbolkalar ham “keep calm”, “positive vibes”, “stay tuned” kabi ingliz so‘zlari aks etgan futbolkalardek zamonaviy ko‘rinadi. Ularni kiyish ham modaga mos, birgina farqi o‘zbek so‘zlarini yurakka yaqin olib yurish, Ona vatan va ajdodlarimiz so‘zlashgan til oldidagi burchni bajarganlik hisi uyg‘otadi.

 

Futbolkalar uchun ishlatilgan so‘zlar ro‘yxati:

Aylanay

[знач. на рус. - самый дорогой человек]

 

Valakisalang

[знач. на рус. - бездельник высшей степени]

 

Buyursin

[знач. на рус. - пусть послужит хорошо]

 

Dimogʻdor

[знач. на рус. - высокомерный]

 

Takasaltang

[знач. на рус. - бездельник]

 

Takarakatum

[означает бит]

 

Oʻrgilay

[междометие - восхищение; ласка]

 

Koʻzingga qara

[пер. с узб. - смотри в свои глаза]

 

Farosat

[Знач. - среднее между смекалкой и common sense, но глубже]

 

Hormanglar

[знач. на рус. - молодцы, не уставайте]

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.