ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mukofoti — “Eng yaxshi chet tillarini oʻrgatuvchi maktab” respublika tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

2022-yil 3-5-avgust kunlari “Smart Assessment” ilgʻor test markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mukofoti — “Eng yaxshi chet tillarini oʻrgatuvchi maktab” respublika tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan 70 nafar maktab oʻquvchilari (har bir jamoada 5 nafardan) va 14 nafar murabbiylar ishtirok etdi.

DSC00015 (1) DSC00027

Ushbu bosqichda ishtirokchilar ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini baholash uchun umumjamoa hisobida bellashdilar. Natijalar Cambridge Assessment English (Buyuk Britaniya) metodologiyasiga muvofiq Linguaskill testi yordamida baholandi.

DSC00116

« Tanlovning barcha ishtirokchilari oʻz oʻqituvchilari bilan birgalikda ikki hafta davomida Buyuk Britaniyaga borib, oʻzlari oʻrganayotgan davlat bilan tanishish, malakasini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar», – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirning birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev.

Umuman olganda, tanlovning tuman bosqichida 8065 ta maktab ishtirok etib, jami oʻquvchilar soni 40325 nafarni tashkil etdi. Ingliz tili fanidan jami 37075 nafar, nemis tili fanidan 1800 nafar, qolganlari esa fransuz tili fanidan ishtirok etdi.

DSC00132

«Tanlovda tuman va viloyat bosqichlarida maktab oʻquvchilari uch tilda: ingliz, fransuz va nemis tillarida qatnashganini alohida taʼkidlamoqchiman. Ingliz tilida bahslashayotgan ishtirokchilar final bosqichiga yoʻl olishdi. Har yili oʻrganiladigan tillar soni ortib boradi. Olimpiadamizning umumiy mukofot jamgʻarmasi 54 milliard soʻmni tashkil etadi. Farzandlarimiz ragʻbatlantirilishi, ularning bilimi alohida eʼtirof etilishi uchun davlat tomonidan shunday katta mablagʻ ajratilmoqda» – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori Sanjar Obidov.

Ishtirokchilarning kayfiyatini koʻtarinki ruhda saqlash va ijobiy muhit yaratish maqsadida Toshkent shahrida madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar sayohatlar tashkil etildi. Olimpiada ishtirokchilari “Yangi Oʻzbekiston” istirohat bogʻi, hamda Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida boʻldi. Shuningdek, Senat binosida Oʻzbekiston senatorlari bilan ishtirokchilar uchrashuvi tashkil etildi.

DSC01076 DSC01752

Tanlov natijalari 2022-yil 5-avgust kuni e’lon qilindi.

 1-o‘rinni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 97-maktab jamoasi egalladi.

 2-o‘rinni Buxoro shahrining 40-maktab jamoasi egalladi.

 3-o‘rinni Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 5-maktab jamoasi egalladi.

“Fondimiz jamoasi mana shunday keng koʻlamli va masʼuliyatli tanlovni tashkil etishda yordam berayotganidan chin dildan xursandmiz va faxrlanamiz! Bunday tadbirlar mamlakatimizda yoshlar orasida ilm-fanni ommalashtirish, bilimli yoshlarni ragʻbatlantirish uchun zarur. Koʻrib turganimizdek, katta resurslar ajratilgan va gap nafaqat moliya haqida, baliki balki insoniy resurslar va infratuzilma haqida ham. Shunga qaramasdan, tanlovning sovrin jamgʻarmasiga hayron boʻlsa arziydi (maʼlumot uchun: 1-oʻrin — 500.000.000 soʻm, 2-oʻrin — 400.000.000 soʻm, 3-oʻrin — 300.000.000 soʻm). Bu eng kuchlilarni aniqlash uchun toʻgʻri filtrlar yaratish, shuningdek ularni professional sifatida yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan tashkiliy ishdir. Ishonchim komilki, yoshlarimiz yuksak marralarni zabt etib, oʻz aql-zakovati, kashfiyotlari bilan lol qoldiradilar!

Biz bundan buyon ham yoshlarning oʻrtacha ballini oshirish ishlarida har tomonlama yordam berishga tayyormiz!”. – deydi “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori Bobur Farmanov.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi koʻmagida tashkil etildi.

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.