ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

“Ziyo forum” fondi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Memorandum 2022-yil 21-iyun kuni “Ziyo forum” fondi binosida Xalq ta’limi vazirining birinchi
o‘rinbosari Sharifxo‘jayev Usmon Ulfatovich va “Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish
jamg‘armasi direktori Bobur Baxramovich Farmanov tomonidan imzolangan. 
Memorandumga ko‘ra, ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtidorli maktab o‘quvchilarini aniqlash va mamlakatimizda
ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilga dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha
yaqin hamkorlik rejalashtirilgan.
DSC02963 
 
“Memorandumning imzolanishi ta’lim tizimini rivojlantirish, maktab o‘quvchilarini rag‘batlantirish va
kelgusidagi yutuqlarga undash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. “Ziyo forum” fondi bilan hamkorlik
tufayli bilim olish, til o‘rganish, rivojlanish va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish qanchalik
muhimligini yana bir bor eslatib o‘tish mumkin. Oldinda katta loyihalar turibdi.
Ularning amalga oshirilishi nafaqat hozirgi maktab o‘quvchilari, balki bo‘lajak malakali mutaxassislar uchun
ham hissa bo‘lishi kerak”. – deydi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjaev.
DSC03000 
 
Shuningdek, “Ziyo Forum” fondi Alltest raqamli ta’lim platformasida abituriyentlar uchun 10 000 ta bepul
akkauntlarni taqdim etdi. Shunday sabab, 10 000 nafar abituriyent yozda universitetga kirish uchun tayyorlanish
maqsadida barcha fanlar bo‘yicha bilim olishi mumkin bo‘ladi.
 
"Jamg'armamizning asosiy maqsadi ta'lim tizimini rivojlantirish va o'qitish sifatini oshirish uchun yangi
ish modellarini joriy etishdan iborat. Hamkorlik to'g'risidagi memorandumning imzolangani birdamalikda
faoliyat olib borish uchun qo'yilgan navbatdagi qadamdir. Zero, yoshlar mamlakatimiz kelajagi.
O‘qish yillarida yaxshi poydevor qo‘yilmasa, malakali kadrlar yetilib chiqmaydi. Shartnomalar nafaqat
qog‘ozda qolishi, balki hayotga tatbiq etilishi uchun aniq loyihalarni amalga oshirishga e’tibor qaratamiz.”
– deydi “Ziyo forum” fondi direktori Bobur Farmanov.
 

DSC03040

“Ziyo forum” fondi va Xalq ta’limi vazirligi ham yangi yil – “Yoshlar oyligi”da mamlakatimiz maktablarining
iqtidorli va iste‘dodli o‘quvchilariga bag‘ishlangan “Ziyolilar” almanaxini davriy bo‘lmagan nashrni chop
etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan.
 
Memorandum tufayli taʼlim loyihalari va xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan keng koʻlamli anjuman
va forumlar oʻtkaziladi.

“Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi. Talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarini shakillantirish, yoshlar o‘rtasida ilm-fan va ta’lim-tarbiya qadriyatlarini ommalashtirish,
hamda, mamlakatning kadrlar zaxirasini shakllantirish jamg‘arma faoliyatining ustuvor
yo‘nalishlari hisoblanadi. Jamg‘arma talaba-yetakchilar, mahalliy va xorijiy universitetlar, turli ta’lim
va ilmiy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi.
Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.