2022-yil 7-iyul kuni “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi va “Consult Invest ITIC” xalqaro savdo va investitsiya kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tashkilotlar direktorlari ta’lim loyihalarini amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Memorandum quyidagilarni nazarda tutadi:
— madaniy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish va hamkorlik;
— xorijiy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bilan bog‘liq axborot va konsalting xizmatlarini taqdim etish;
— tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, forumlar, festivallar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar ishida delegatsiyalarning ishtirok etishiga ko‘maklashish.
Loyihalar faol va o‘z ustida ishlaydigan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.