Bir necha hafta oldin Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Nigʻmat Ziyo Forumʼga boshqa bolalar ham qiziqarli amaliy fan – robototexnikani oʻrganishlari uchun robototexnika kursini tashkil etish taklifi bilan keldi!
Hozirda mashgʻulotlar davomida bolalar elektronika va dasturlashni oʻrganishmoqda, shuningdek, oʻz kichik loyihalari orqali bilimlarini amalda sinashmoqda. Koʻrinishidan, tez orada bizda oʻrnimizga ishlarni bajaradigan robotlar bazasi paydo boʻladi, biz esa dam olamiz.
Bizga qoʻshilish va orzuyidagi robotni yaratish istagida boʻlgan barchaga «Xush kelibsiz», deymiz!
Biz gʻoyalaringizni qoʻllab-quvvatlashdan xursand boʻlamiz va ularni amalga oshirish uchun maydon taqdim etishga doim tayyormiz.