Ziyo Forum fondi bazasida turli formatdagi maʼrifiy tadbirlar, jumladan, Lektorium, kechki Olim shou, ijodiy branchlar, public talk, speaking club, pecha kucha o‘tkaziladigan platforma faoliyat yuritadi.
Har bir format auditoriya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri interaktiv aloqani o‘rnatish, nostandart tarzda bilim va taʼlimni targ‘ib qilishning usulidir.
Agar siz yosh va o‘ziga ishongan mutaxassis bo‘lsangiz hamda tajribangiz va bilimlaringiz bilan o‘rtoqlashishni istasangiz, ushbu formani to‘ldirib, bizning spikerimizga aylaning.
Ziyo Forum – bu ish beruvchilar va yoshlar o‘rtasidagi samarali muloqotni taʼminlaydigan platforma bo‘lib, bunda tadbirkorlar va investorlar qiziqarli loyihalarni amalga oshirish uchun yuragida o‘ti bor istiqbolli kadrlarni topishlari mumkin.
Shuningdek, Ziyo Forum eshiklari fond faoliyatini va yoshlarning ijodiy g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan tashabbuslar uchun doimo ochiq.
Agar siz fond faoliyatiga yordam berishni istasangiz, ushbu formani to‘ldirib, bizning hamkorimizga aylaning.
Ziyo Forum eng faol va qiziquvchan mehmonlar uchun rezident statusini taqdim etadi. Rezidentlik kartasi sizga fondning barcha tadbirlarida ishtirok yetish imkoniyatini beradi, shuningdek, sizga open space maydoni, podkastlarni yozish va videofilmlarni suratga olish uchun media-studiyadan bepul foydalanish imkoniyatini beradi.
Agar sizga ishlash, netvorkingni kengaytirish uchun joy kerak bo‘lsa, shuningdek, taʼlimga oid loyihalarda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, formani to‘ldiring.
Voqealar markazida bo‘lishni yoqtiradigan faol, ijodkor yoshlar Ziyo Forum volontyoriga aylanishlari mumkin. Fondda volontyorlik barcha tadbirlarda ishtirok etish va kovorking markazidan foydalanish, intensiv kasbiy rivojlanish va netvorkingni kengaytirish uchun imkoniyat demakdir.
Agar sizda ko‘plab g‘oyalar bo‘lsa va ularni biz bilan birgalikda amalga oshirishga tayyor bo‘lsangiz, unda formani to‘ldiring.