Avlod Media - bu talabalarni birlashtirishga va yoshlar hayotiga oid eng dolzarb masalalarni koʻtarishga tayyor yoshlarbop media.
Media “Talabalardan talabalarga” formatida olib boriladi, zero talabalarni ularning o‘zlarichalik hech kim tushunmaydi.
Avlod Mediada taʼlim, koʻngilochar mavzular, shaxsiy rivojlanish, salomatlik, talabalar hayoti va zamona yoshlari duch keladigan har qanday masalalar haqida o‘qishingiz mumkin.
Shuningdek, talabalarning o‘zlari ham yozishlari, o‘z universiteti hayotida sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan bo‘lishishlari, universitet va shaxsiy hayotlarida duch kelayotgan ijtimoiy muammolar haqida yozishlari mumkin.
Agar bu Sizga qiziq bo‘lsa, avlod.media saytiga kirib, o‘zbek va rus tillaridagi maqolalar bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, ko‘plab qiziqarli va foydali kontentni o‘tkazib yubormaslik uchun Avlod Medianing ijtimoiy tarmoqlariga obuna bo‘lishni unutmang:
Instagram: @avlodmedia.ru
Telegram: @avlodmediaru