Qaysidir tilni o‘rganish yoki mukammallashtirish uchun undan muntazam foydalanish lozim. Ziyo Forum’da tashkil etilgan bepul ingliz tili to‘garagi yoshlarga ingliz tili ko‘nikmalarini yaxshilash imkonini beradi.
Bizningcha, bir nechta tillarni mukammal darajada bilish zamonaviy insonning muhim belgilaridan biri. Tillarni bilish hamkor va mijozlar bilan muloqot o‘rnatishdan tortib, xalqaro tajribani o‘rganish va malaka oshirgacha barcha faoliyat sohalarida kerak bo‘ladi.
Amaldagi jadval va qo‘shimcha ma’lumot uchun +99897 195 25 35 raqamiga murojaat qiling yoki Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan Fondimizga tashrif buyuring.