Fondimiz platformasida ko‘plab ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi va ulardan biri – Public Talk.
Ushbu tadbir formati intervyuga o‘xshash bo‘lib, boshlovchimiz taklif qilingan mehmonlar, xususan, mashhur siyosatchilar, media vakillari va boshqa ijtimoiy faol shaxslardan tanlangan mavzu bo‘yicha intervyu oladi.
Shuningdek, Public Talk tinglovchilarga spikerlardan savol so‘rash imkonini beradi.
Rejalashtirilayotgan tadbirlarimiz anonslarini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib boramiz. Obuna bo‘ling va o‘tkazib yubormang:
Instagram: @ziyo_forum
Telegram: @ziyoforum
O‘tkazilgan tadbirlarimizning yozib olingan versiyasini YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin: Ziyo Forum.