ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

Shahar murallari

Mural – hajmi jihatidan katta bo‘lgan san’at turi bo‘lib, devor yuzasiga chizilgan surat yoki “graffiti” ko‘rinishida bo‘ladi. Murallar – bu inshootlarga chiroy berishga qaratilgan zamonaviy ko‘cha san’ati.

Bu turdagi suratlar ko‘plab yirik shaharlarda mavjud. Biroq Toshkentda ilk mural bundan 2 yil oldin paydo bo‘ldi. Bu qanday bo‘lganini so‘zlab beramiz.

Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi tashabbusi bilan 2020-yil oktyabr oyida shifokor va do‘ppidagi bola aks ettirilgan ilk mural yaratildi. U Sergeli tumani, Yangi Sergeli va Lutfkor ko‘chalari kesishmasida joylashgan. Surat muallifi – Xasan Maycheyev.

“Мural ko‘rinmas dushmanga qarshi kurash olib borayotgan va odamlarning hayotini saqlab qolayotgan shifokorlar qahramonligining ramzidir. Asarda bugungi qiyin davrda barcha odamlar shifokorlarimiz qaramog‘ida degan g‘oya jonlangan. Do‘ppidagi bola esa – bu O‘zbekiston xalqi”, – deydi Bobur Farmanov, Ziyo Forum direktori.

Loyiha ustida pandemiya boshlari, karantin joriy etilgan vaqtda ish boshlandi. Mural konsepsiyasi (joy izlash, eskizlash, resurslarni taqsimlash va rejalashtirish) bo‘yicha ishlarning o‘ziga 3 oy vaqt ketgan bo‘lsa, Fond hokimiyat vakillari bilan bir qarorga kelishi uchun ham uzoq muddat ketdi.

“Toshkentda oldinroq bu sohada muvaffaqiyatli keyslar bo‘lmagani sababli, jarayon qanday amalga oshirilishini aniq bilmas edik va shu sababdan, barcha tashkilotlarga, xususan, hokimiyat, Madaniyat vazirligiga xat bilan chiqdik. Biroq karantin tufayli javob ololmadik. Keyinroq Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov bilan uchrashib, uzoq kutilgan kelishuvga erishdik. Birinchi mural uchun harakatlar shunday boshlangan edi”, – deydi Bobur Farmanov.

“So‘ng devorni tayyorlash uchun yana bir oy va suratni chizish uchun 2 hafta vaqt ketdi. Bu ilk mural bo‘lgani uchun biroz vaqt olgan bo‘lsa, keyingi murallarni yaratish jarayoni juda oson o‘tdi”, – qo‘shimcha qildi Fond direktori.

Keyinroq Ziyo Forum ko‘magida yana 2 ta mural paydo bo‘ldi.

Ikkinchi mural ham Sergeli tumanida joylashgan bo‘lib, u ilm-fan va ta’lim-tarbiya rivojiga bag‘ishlangan va ta’lim – yorug‘lik ekanini aks ettiradi.

Uchinchisi – “Do‘stlik ramzi” murali Toshkentdagi Yangihayot tumanidagi 9 qavatli binoda joylashgan. Unda O‘zbekiston bayrog‘ini musaffo osmonga baland ko‘targan uch bola aks ettirilgan.

 

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Do‘stlik ramzi” muraliga maqtov so‘zlari aytdi:

“Nega hammayoqqa shunday qilmaysizlar? Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi”.

Boshqa shaharlarda ham murallarning paydo bo‘lishi vaqt sayin amalga oshiriladi.

Ziyo Forum koʻplab bunday loyihalarni amalga oshirishga hamda sanʼatni rivojlantirish va shaharlarning turistik salohiyatini oshirish yoʻlida shaharga yangi murallarni taqdim etishga tayyor.

Biz rassom va homiylarni hamkorlikka taklif etamiz. Yangi murallar uchun yordamingiz, gʻoyalar yoki xayriyalarni info@ziyoforum.uz pochtasiga yozing.

Manba: https://avlod.media/

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.