ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

PRESS-RELIZ

photo_2021-02-09_01-09-14

горизонтальное лого (2)

photo_2021-07-12_18-03-34

Agar Siz press-reliz yoki bizning Fond faoliyati bilan bog‘liq boshqa turdagi nashr chiqarish istagida bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi maʼlumotlardan foydalaning.

Ziyo Forum – bu ilm-fan va taʼlim tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi. Fond taʼlim sifatini oshirish va mamlakatda yuqori salohiyatli yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida yaratilgan. Fond uchta yo‘nalishni qamrab oladi. Bular: taʼlim-tarbiya, ilmiy-amaliy va ijtimoiy-siyosiy. Fond talabalarning o‘zini o‘zi boshqaruvi tizimini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, yoshlar markazida taʼlimga oid tadbirlar o‘tkazadi va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ziyo Forum – bu nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, 2019-yil oktyabr oyida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va «Fan, taraqqiyot va innovatsiya» nodavlat tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Bobur Baxromovich Farmanov – Ziyo Forum fondi direktori. Respublika Kengashining oliy taʼlim masalalari bo‘yicha aʼzosi, jamoat arbobi, publitsist. Farg‘onada tug‘ilib o‘sgan. RXX va DBAda Davlat va munitsipal boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.

Hozirda Fond o‘z eʼtiborini uchta yo‘nalishga qaratadi:

Taʼlim-tarbiya. Yoshlarning imkoniyatlarini taʼlim bosqichida aniqlash mumkin. Eski tizim endi ishlamayapti. Yoshlar salohiyatini rivojlantirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish zarur. Ushbu yo‘nalishdagi loyihalardan biri bu «Avlod Media» talabalar media-portali. Bunda mamlakatning istalgan oliygohi talabalari o‘z oliygohlari hayoti haqida so‘zlab berishlari va ularni tashvishga solayotgan taʼlim muammolari to‘g‘risida bo‘lishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ilm-fan. Mamlakat rivojida texnologiyalar muhim rol kasb etadi. Sifatli texnologik mahsulotni tayyorlash uchun tajriba va yaxshi jihozlangan laboratoriyalar, qattiq komponent kerak. Shuningdek, aholi yosh tadqiqotchilarni tanishi, ularga ishonishi va ular o‘zlarini ifoda etishlari uchun imkoniyat berishi muhimdir.  «Almanax. 100 ta haqiqiy hikoya» loyihasi barcha qiyinchiliklarga qaramay ajoyib loyihalarni amalga oshirayotgan yoshlar haqida hikoya qiladi.

Maʼrifat. Ijodkor insonlar alohida qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Ularning maqsadi insonlarni madaniy jihatdan rivojlantirish hamda namoyish va art-obyektlarni yaratish uchun yangi platformani yaratishdan iborat. Buning uchun esa bizda “Intellect” va «Up Your Skills» loyihalari bor.

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz uchun havolalar:

Facebook

Instagram

Telegram

Bizning logotipimizni matn yoki bannerlarga joylash uchun, iltimos, ushbu variantlardan biridan foydalaning.

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.