ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

IV Xalqaro Nobel festivali

Meta-koinotda ilk festival: O‘zbekiston yoshlari Nobel mukofoti laureatlari bilan texnologiyalar, blokcheyn, NFT va meta-reallik to‘g‘risida suhbat qurdi
 

12–22-aprel kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya va Germaniya talabalari uchun yana bir bor IV Nobel Fest bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda tadbir Coca-Cola hamda Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan tashkil etilmoqda.

Nobel festivali yirik xalqaro texnologik va ilmiy-ma’rifiy hodisa bo‘lib, unda 10 nafar Nobel mukofoti laureatlari, 10 nafar «Yutuq» mukofoti sohibi, 155 mamlakatdan 500 universitet, 500 000dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Bundan oldin O‘zbekistonda o‘tkazilgan festival Toshkent va Farg‘onada 5 000ga yaqin oflayn ishtirokchilarni, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarning 200dan ortiq oliygohlari talabalarini onlayn rejimda birlashtirgan

Bu yilgi festivalning o‘ziga xos jihati Phenom Metaverse (virtual 3D muhit) meta-koinotida laureatlar ma’ruzalarini tinglash imkoni bo‘ldi.

Festivalda fan va biznes yulduzlari o‘z bilimlari bilan bo‘lishadi:

  • Joze Manuel Barrozu, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, Yevropa qo‘mitasi prezidenti (2004 –2014),
  • Robot Sofiya, Hanson Robotics tomonidan ishlab chiqilgan va Saudiya Arabistoni fuqaroligini olgan eng mashhur sun’iy intellektli robot-gumanoid,
  • Jorj Cherch, zamonamizning eng nufuzli genetiki va Garvard tibbiyot maktabida genetika professori,
  • Jonatan Medved, Isroildagi Silikon vodiysining otasi, Quddusda joylashgan OurCrowd global investitsiya platformasining bosh direktori.
  • 18-apreldan 22-aprelgacha 15 nafar Nobel va «Yutuq» mukofoti sovrindorlari tomonidan noyob Nobel ma’ruzalari haftaligi o‘tkaziladi:
  • Takaaki Kadzita, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, uning kashfiyoti kvant kompyuterlarini yaratishda asos bo‘ldi,
  • Raye Kvon Chung, tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati va BMT Bosh kotibi maslahatchisi,
  • Robert Langer, tibbiyot sohasida «Yutuq» mukofoti sovrindori hamda Amerika biotexnikasi yulduz

 

  • Yoshlar markazimizda joylashgan Toshkent studiyasida Nobel Fest festivalini o‘tkazishdan juda mamnunmiz. O‘tgan yili bu yerda faol talabalar, eng yaxshi ma’ruzachilar yig‘ildi, bir nechta mamlakatlar o‘rtasida qiziqarli suhbatlar tashkil etildi, – deydi Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi direktori Bobur Farmanov. - Minglab talabalar olimlar va muvaffaqiyatli ekspertlarning jahon hamjamiyatidagi o‘zaro integratsiyasiga qiziqish bildirmoqda, ushbu festival buning ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Nobel festivalining barcha qatnashchilari sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchilar uchun eng asosiy sovg‘a Garvard universiteti professori doktor Vivek Vadxvining innovatsiyalar bo‘yicha bir haftalik bepul mashg‘ulotlari bo‘ladi.

Eksponensial innovatsiyalaroliy darajadagi universitetlarda beriladigan eng yaxshi kurs bo‘lib, milliardlik aylanmaga ega startaplarni yo‘lga qo‘yish uchun qo‘llanma hisoblanadi.

Festivalning virtual maydoniga kirish uchun App Store yoki Google Play orqali Phenom Metaverse mobil ilovasini yuklash kerak bo‘ladi.
 

  • Biz yoshlar salohiyatini ochib berishga qaratilgan loyihalarni global qo‘llab-quvvatlaymiz va ularga asosiy e’tiborimizni qaratamiz. Nobel Fest ham shunday loyihalar qatoriga kiradi. Ushbu platforma MDH davlatlari bo‘yicha eng yiriki bo‘lib, yoshlarga ilm-fan, texnologiyalar va biznes bo‘yicha jahonga mashhur afsonalar bilan turli mavzularni jonli efirda muhokama qilish imkoni taqdim etadi. Bu safar Nobel Fest ko‘pchilik uchun hali ham futuristik bo‘lib tuyuladigan, biroq real hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan mavzuga bag‘ishlanadi. Meta-koinot biznes va kompaniyalar uchun ko‘plab imkoniyatlarni yaratishi mumkin. Misol uchun, Coca-Cola allaqachon raqamlashtirilgan olamda ishlash haqida o‘ylashni boshlab, ilk NFT-muzlatgichlar va Coke’ning meta-koinotdagi yangi ta’mini yaratdi, - deydi jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha menejer Nazi Aripjanova. - Nobel festivali tashkilotchilar tomonidan tanlangan mavzuning o‘ziga xosligi shundaki, u talabalar va faol yoshlarning o‘zi yaratgan trendlar natijasida yuzaga kelgan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://nobel-fest.org/
 

Nobel Fest Coca-Cola, Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi, Sabah ta’lim platformasi, Altyn Qyran Foundation jamoat fondi, Chevron korporatsiyasi, Bilim Media Group ta’lim kompaniyasi, Centre for European Policy tahlil tashkiloti, Q3 Worldwide kompaniyasi, shuningdek Nur-Sulton shahri hokimligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Festival M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti va S.Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika universiteti kabi yetakchi ta’lim muassasalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bosh media-hamkor sifatida «Білімді Ел - Bilimli yurt» gazetasi, Toshkentdagi Inha universiteti, shuningdek, «Халық Үні» axborot internet resursi belgilandi.



 
Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.