Nima sababdan oʻz huquqlarimizni bilishimiz lozim? Huquq va erkinliklarimiz buzilganda qanday yoʻl tutish kerak?
3-dekabr 16:00da Ziyo Forum binosi, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 12-uy manzilida.
Lektoriumga tashrif buyuring va quyidagilar haqida bilib oling:
- Talablarga mos mutaxassis boʻlish uchun nimalarga eʼtibor berish lozim;
- Oʻz huquqlarimizni bilishimiz haqida;
- Muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak.
Spiker: Sherzod Egamberdiyev - huquqshunos, TDYUda mustaqil tadqiqotchi va PLP yuridik firmasi asoschisi.
Sherzod Egamberdiyev Oʻzbekiston Respublikasi turli vazirlik va idoralarda ish tajribasiga ega boʻlib, u @sher.legal va @sher.legal.academy loyihalari asoschisidir.
Kirish bepul, biroq roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
Roʻyxatdan oʻtdingizmi? Unda 3-dekabr kuni Sizni mega foydali va qiziqarli lektoriumda kutib qolamiz.