«Loyihalarimning bosh gʻoyasi – jamiyatdagi yoshlarga ogʻriqdan davo berish»
Atrof-muhit sizning shaxs sifatida shakllanishingiz va eng yaxshi jihatlaringiz rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.
«Qanday qilib 18 yoshda muvaffaqiyatli loyihani ishga tushirish mumkin?” savoliga javob juda oddiy – oʻzingizni maqsadga intiluvchan, sizni ruhlantiruvchi va namuna boʻla oladigan insonlar bilan oʻrang.
Shu sababli, sizni Jasur Anvarov bilan lektorium laytʼga taklif etamiz. Bunda siz maqsadlarni toʻgʻri qoʻyish usullari va taym-menejment sirlari haqida bilib olasiz.
Jasurning oʻzi esa Toshkent moliya institutida ikkinchi kurs talabasi va UNITY teamʼda treyder va dasturchi.
Lektorium oʻzbek tilida, 17-avgust kuni 17:00da boʻlib oʻtadi
Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 12-uy, Ziyo Forum binosi
Ishtirok bepul, ammo roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.