Eng yorqin emotsiyalar taassurotlar bilan bogʻliqligini payqaganmisiz? Gadjetlar, kiyim kundalik ishlar yoki har kuni isteʼmol qiladigan mahsulotlar bilan emas, balki aynan sayohat, yangi joylar, qiziqarli insonlar bilan tanishish bilan bogʻliq. Taassurotlar narxi odatiy tovarlar narxidan koʻproq boʻlishi mumkin. Va bu oʻsha reklama kanalidan koʻproq foydalanish kerakligini bildiradi.
Va shu chorshanbada biz A sinf brendlar – Lenovo, Cisco, HP, Canon, ChechPoint, Poly va Panasonic bilan ishlashda 7 yil ish tajribasiga ega mutaxassis bilan aynan shu mavzuda gaplashamiz.
Darya Tadjiyeva – CA Distribution marketologi. Uchrashuvda Siz quyidagilarni bilib olasiz:
- isteʼmolchi bilan emotsional bogʻ oʻrnatish ahamiyati;
- taassurotlar marketingidan foydalanish usullari;
- bozor liderlaridan namunalar;
- shaxsiy keyslar.
Maʼruza rus tilida boʻlib oʻtadi.
18-avgust, 17:00
Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 12-uy, Ziyo Forum binosi.
Kirish bepul!
Ammo oldindan roʻyxatdan oʻting📲