ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

RXX va DXA SBIda bakalavr va magistraturani grant asosida o‘qish uchun tanlov

Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi RXX va DXA SBI (Novosibirsk, RF) bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan chet ellik talabalar uchun belgilangan kvota asosida hujjatlar qabuli boshlanganini eʼlon qiladi.

Bakalavr va magistratura taʼlim dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabuli 2022-yil 15-martgacha davom etadi.

Qabul olib boriladigan asosiy bakalavr yo‘nalishlari sifatida quyidagi yo‘nalishlar tanlangan:

  • Iqtisodiyot;
  • Davlat va munitsipal boshqaruv;
  • Xalqaro aloqalar;
  • Huquqshunoslik.

Magistratura uchun esa:

  • Iqtisodiyot;
  • Davlat va munitsipal boshqaruv.

Saralash ochiq intellektual tanlov natijalariga asosan amalga oshiriladi.

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich – Saralash.

Rus yoki ingliz tilidan (ingliz tilidagi dastur uchun)  elektron test shaklida bo‘lib o‘tadi.

2-bosqich – Yakuniy.

Og‘zaki shaklda video aloqa orqali o‘tkaziladi.

Har bir bosqichning o‘tkazilish kuni va vaqti nomzodning hujjatlar topshirish jarayonida ko‘rsatgan elektron pochtasiga yuboriladi.

Saralash jarayonida beriladigan namunaviy topshiriqlar bilan havola orqali tanishish mumkin.

Natijalar tengligi yuzaga kelsa,so‘nggi 2 yil davomida ishtirok etilgan olimpiadalar, shuningdek, boshqa intellektual va ijodiy tanlovlardagi natijalar inobatga olinadi.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi;
  • Rossiya Federatsiyasi va (yoki) xorijiy davlatda olingan taʼlim va (yoki) malaka oshirish to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  • Rossiya Federatsiyasida o‘qish uchun tibbiy cheklovlar yo‘qligini, shu jumladan gepatit va silning barcha turlari yo‘qligini tasdiqlovchi nomzodning yashash joyidagi tibbiy tashkilotning hujjati nusxasi;
  • nomzodning yashash joyidagi tibbiy tashkilotning odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV infeksiyasi) sabab bo‘lgan kasalligi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi;
  • Fotosurat.

Diqqat! Qabul uchun barcha hujjatlar rus tilida toʻldirilishi lozim

Kvota asosida RXX va DXA SBIda taʼlim olishga ariza topshirish uchun quyidagi havolani to‘ldirish lozim.

Savollar yuzaga kelsa, international@ziyoforum.uz pochtasiga murojaat qiling.

Arizani toldirish

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.