ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

VAKANSIYALAR

54554

 

VAKANSIYALAR RO‘YXATI

 

Loyihalar bo‘yicha menejer

Majburiyatlari nimalardan iborat?

Fond loyihalaridan birini amalga oshirish. Texnik xizmat ko‘rsatish va taktik boshqarish, loyihani amalga oshirish uchun fondning boshqa bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, loyiha strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarga erishish. Loyihani amalga oshirish uchun uning mohiyatini to‘liq tushunish va shaxsiy javobgarlik.

Loyiha uchun zarur bo‘lgan ish oqimini saqlash, muzokaralar olib borish, tashqi ijrochilar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, loyihaning barcha hayotiy davrlarida aniqlangan vazifalar uchun yechimlarni topish. Belgilangan vazifalarga erishish uchun qilingan ishlar to‘g‘risida rahbariyatga hisobot berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilish qarshilanadi
  • Yuqori darajadagi intizom, boshqarish va rejalashtirish qobiliyatlari;
  • Yuzaga kelgan vaziyatlarni zudlik bilan hal qilish qobiliyati, vaziyatni tahlil qilih orqali harakatlar uchun takliflar ishlab chiqish qobiliyati, taktik muammolarni mustaqil ravishda hal qilish qobiliyati;
  • Ish staji 1 yil yoki tegishli sohalarda 3 yildan kam emas. 25 yoshdan katta

                              

Grafik dizayner

Majburiyatlari nimalardan iborat?

Ijtimoiy tarmoqlar uchun vizual kontent yaratish, reklama kampaniyasini raqamli vizualozasiya qilish. Ta'lim loyihasi uchun turli xil jadvallar, sxemalar va boshqa elementlar ko'rinishidagi tarqatma va grafik materiallarni ishlab chiqish. Ta'lim kurslari saytining vizual dizayni.

Ish masofaviy / qisman masofaviy

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Dizayn asoslarini bilish: tasviriy san'at va rasm asoslari, koloristika (rangdan foydalanish) va kompozisiya;
  • Adobe Photoshop, Illustrator, Corel Draw dasturlarida ishlash ko'nikmalari;
  • Marketing asoslarini bilish;
  • Vazifalarni tahlil qilish va ijodiy echimlarni topish qobiliyati;
  • Ranglar psixologiyasini tushunish qo'shimcha imkoniyat beradi;
  • Animasiya va montaj bo'yicha ko'nikmalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

 

SMM-menejer

Majburiyatlari nimalardan iborat?

Fondning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam ravishda kontent bilan to'ldirish, kontent rejasiga muvofiq postlar uchun matnlar yozish, kontent rejasini tuzishda ko'maklashish, ijtimoiy tarmoqlardagi kommentariylar va fikr-mulohazalar bilan ishlash.

SMM-menejer, shuningdek, fond saytida materiallarni nashr etishi, kuzatib boruvchilar bilan samarali aloqani o'rnatishi, yangi auditoriyani jalb qilishi va ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish strategiyasini ishlab chiqishi kerak.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Rus tilini bilishi, o'zbek va ingliz tillarini bilishi qo'shimcha imkoniyat beradi
  • Xatolarsiz, qiziqarli matnlarni yozish ko'nikmasi
  • Instagram, YouTube, Facebook, Telegram ijtimoiy tarmoqlarini olib borish va targ'ib qilishning o'ziga xos jihatlarini tushunish
  • Axborot bilan ishlash ko'nikmasi
  • Yo'nalishda bo'lgan kamida 1 yillik ish tajribasi

 

Tarjimon

Majburiyatlari nimalardan iborat?

Rus, o‘zbek va ingliz tillari o‘rtasida matnlar, xatlar, hujjatlar va boshqa materiallarni tarjima qilish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Rus, o‘zbek va ingliz tillarini mukammal bilish. 
  • Adabiy, ilmiy va rasmiy ish matnlarini savodli tarjima qilish.
  • Maʼlumotlar bilan ishlash qobiliyati.
  • Soha bo‘yicha ish tajribasi 1 yildan kam bo‘lmasligi kerak.

 

Talabalar uchun OAVda bloger-reportajchi

Majburiyatlari nimalardan iborat?

  • Internet OAV uchun talabalar hayoti haqida vlog suratga olish;
  • Kontent orqali OAV yuziga aylanish;
  • Voqealar joyidan qiziqarli reportajlar yuritish;
  • Noyob kontent yaratish.

 

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Muloqotchanlik;
  • Video suratga olish (vloglar);
  • Kamera qarshisida tura olish;
  • O‘zbek va rus tillarini bilish;
  • Xatosiz gapirish;
  • Fond yordamida bloger sifatida o‘sish istagi.

 

O‘z o‘rnida biz sizga quyidagilarni taklif etamiz:

  • Karyera pog‘onasida o‘sish uchun imkoniyat;
  • Qulay ish sharoitlari va do‘stona jamoa;
  • Agar yetarlicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, malaka oshirish imkoniyati mavjud;
  • Ofis Talabalar shaharchasi hududida joylashgan;
  • Ish jadvali olti kun (6/1) soat 10.00 dan 18.00 gacha;
  • Ish haqqi suhbat davomida kelishib

Vakansiyalar uchun rezyume hr@ziyoforum.uz pochtasiga yuborilishi kerak.

Mavzu satrida nomzod qaysi vakansiyaga murojaat qilayotganini ko‘rsatishingiz kerak.

Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.