ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYANI RIVOJLANTIRISH FONDI

 

IJTIMOIY SIYOSIY YO‘NALISH

 

ILMIY VA AMALIY YO‘NALISH

TA’LIM VA TARBIYA YO‘NALISHI

SAVOLLAR/ JAVOBLAR

Savol berish
Savol
Fond faoliyatini kim va qanday nazorat qiladi?
Javob
Fond faoliyatini uning bevosita rahbari va Vasiylik kengashi aʼzolari nazorat qiladi. Boshqaruv rahbari Fond boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat organlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda Fond vakili hisoblanadi. Fondning Vasiylik kengashi Fond faoliyatini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi. Barcha qonuniy normalarga majburiy rioya qilish bizning ustuvor vazifamiz. Fond o‘z faoliyati natijalarini kuzatib boradi va belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlariga hisobot taqdim etadi. Fond faoliyati to‘g‘risidagi barcha hisobotlar bizning veb–saytimizda eʼlon qilinib boradi.
Savol
Fond yoshlar bilan qanday ishlaydi? Bepul maslahat olish mumkinmi?
Javob
Fond obyektlaridan biri iqtidorli yoshlar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha maslahat va o‘quv markazidir. Bugungi kunda talabalar va yosh olimlar uchun profilli maslahat beradigan, mavjud davlat va xorijiy taʼlim dasturlarining doimiy va tizimli monitoringini olib boradigan yagona markaz mavjud emas, ushbu markaz o‘z xizmatlarini bepul amalga oshiradi, faqat ishonchli taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qiladi va turli zamonaviy axborot yechimlari orqali yoshlar uchun zarur bo‘lgan axborotni qulay shaklda taqdim etadi. Shuningdek, markaz mahalliy va xorijiy OTMlarning faoliyatini mustaqil baholashni yo‘lga qo‘yadi, ularning reytingini shakllantiradi, bu esa yoshlarga o‘zlarining taʼlim yo‘nalishini yaxshiroq tanlashiga imkon beradi.
Savol
Fondni kim qo‘llab–quvvatlaydi? Tanlov va Fond grantlarida ishtirok etish uchun kimga va qanday murojaat qilish lozim?
Javob
Hozirgi kunda Fond O‘zbekiston universitetlarida talabalar o‘zini o‘zi boshqarish loyihalarini amalga oshirish, yosh ommaviy axborot vositalari uchun platforma, turli xil o‘quv dasturlari va grantlari orqali iqtidorli va faol yoshlarni jalb qilish va tanlash bo‘yicha ish olib bormoqda.Shunday qilib, bizning asosiy auditoriyamiz talabalar va yosh olimlardir. Ariza va o‘z taklifingizni veb–saytdagi maxsus shakl yoki elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin. Alohida Dastur va grantlar uchun ariza qabul qilish maxsus tartib bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar ariza barcha talablarni hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa, unga identifikatsiya raqami beriladi va fond xodimi murojaatchi bilan bog‘lanadi.
1 2
Savol berish
Diqqat! Yuborilgan xabar faqat sayt ma'murini tekshirgandan so'ng paydo bo'ladi!
Бизни қандай топиш мумкин?
МАНЗИЛ

Тошкент ш., Олмазор тумани, Талабалар кўчаси, “Маънавият ва Маърифат Маркази” биноси

ТЕЛЕФОН
E-Mail:

info@ziyoforum.uz

АРИЗА БЕРИШ

УШБУ ШАКЛНИ МАЪЛУМОТЛАР БИЛАН ТЎЛДИРИНГ ВА МУТАХАССИСИМИЗ СИЗ БИЛАН БОҒЛАНАДИ

Saytdagi barcha materiallar qonun hujjatlariga, jumladan, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq himoyalanadi.