Izlanuvchi Klubi
Loyiha haqida
"Izlanuvchi" klubi — ilm-fan, innovatsiya va shaxsiy rivojlanishga qiziquvchi yoshlarni birlashtiruvchi taʼlim va mentorlik klubi. Klub yoshlarning ilmiy bilimini oshirish, grant va stipendiyalarga tayyorgarlik koʻrish hamda xalqaro grantlarni yutish imkoniyatini beradi. Ishtirokchilar amaliy mashgʻulotlar, seminarlar va mentorlik dasturlarida qatnashib, yangi doʻstlar orttiradi.
Klub 2026-yilda yoshlarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish va xalqaro grant hamda tanlovlarda ishtirok etuvchi yoshlar sonini koʻpaytirish maqsadida tashkil etilgan. Qisqa vaqt ichida u ilm-fan, innovatsiya va taʼlimga faol yoshlar uchun tajriba almashish maydoniga aylandi.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- Ilm-fan bilan shugʻullanuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash
- Grant va stipendiyalarga tayyorlash
- Ilmiy maqola yozish koʻnikmalarini rivojlantirish
- Xalqaro grantlarni yutib olishni oʻrgatish
- Innovatsion fikrlashni rivojlantirish
- Liderlik va jamoaviy ishlash kompetensiyalarini kuchaytirish
VAZIFALAR
- Ilmiy seminar va treninglar tashkil etish
- Mentorlik tizimini yoʻlga qoʻyish
- Ishtirokchilarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish
- Tanlov va grantlarga ariza tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatish
- Networking muhitini yaratish
Yoʻnalishlari
Qanday oʻtkaziladi
Loyiha onlayn va oflayn darslar, workshoplar, master-klasslar va mentorlik uchrashuvlari formatida oʻtadi. Loyiha tanlov shaklida oʻtkazilmaydi — faol ishtirokchilar ilmiy faoliyati uchun ragʻbatlantirilishi mumkin.
Asosiy tadbirlar
- Rezyume va CV yozish mashgʻulotlari
- Bitiruv marosimi
Kim ishtirok etadi
ISHTIROKCHILAR
Oʻquvchilar, talabalar, magistrantlar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va faol yoshlar.
MENTORLAR
Oyshaxon Qodirova — startap loyihalar muallifi, "Beruniy" nomidagi davlat stipendianti. Shoxislombek Sharobiddinov — 50 dan ortiq ilmiy maqola muallifi, "Islom Karimov" nomidagi davlat stipendianti.
Raqamlarda Izlanuvchi Klubi
Ishtirokchilar nimalarga erishadi
Klub yakunida ishtirokchilar professional CV va portfolio tayyorlaydi, grantlarga ariza topshiradi, ilmiy maqola yozadi, oʻz loyihasini ishlab chiqadi, uni taqdim etish (pitching) koʻnikmalarini oʻrganadi, xalqaro dasturlarga tayyor boʻladi va sertifikat oladi. Klub faoliyati Ziyo Forumning rasmiy media platformalari va ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi.
Kelajakdagi rejalar
Kelgusida ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, xalqaro tadqiqotchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh olimlar uchun grant va ilmiy inkubatsiya dasturlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
