Robo Fest
Loyiha haqida
Robo Fest — robototexnika, dasturlash, muhandislik va zamonaviy texnologiyalarni ommalashtirishga qaratilgan taʼlim festivali. Festival maktab oʻquvchilari, talabalar, yosh muhandislar va STEM yoʻnalishiga qiziquvchi yoshlarni bir platformada birlashtiradi.
Festival yoshlar orasida muhandislik va robototexnikaga boʻlgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, hozirga qadar 1 marotaba muvaffaqiyatli oʻtkazilgan.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- Robototexnika va STEM yoʻnalishlarini ommalashtirish
- Muhandislik tafakkurini rivojlantirish
- Innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash
- Yosh ixtirochilarni ragʻbatlantirish
VAZIFALAR
- Robototexnika musobaqalarini tashkil etish
- Muhandislik loyihalarini namoyish etish
- Amaliy bilimlarni rivojlantirish
- Texnologik hamkorlikni kuchaytirish
Yoʻnalishlari
Qanday oʻtkaziladi
Festival musobaqalar, koʻrgazmalar, mahorat darslari, texnologik taqdimotlar va taʼlim intensivlari shaklida tashkil etiladi.
Asosiy tadbirlar
- Robototexnika musobaqalari
- Muhandislik tanlovlari
- Innovatsion loyihalar koʻrgazmasi
- Master-klasslar
- STEM seminarlar
Kim ishtirok etadi
ISHTIROKCHILAR
Oʻquvchilar, talabalar, yosh muhandislar, dasturchilar va robototexnikaga qiziquvchi yoshlar.
SPIKERLAR VA MENTORLAR
Robototexnika boʻyicha mutaxassislar, muhandislar, IT ekspertlari va trenerlar; mentorlar sifatida muhandislar, dasturchilar va STEM yoʻnalishidagi trenerlar jalb qilinadi.
Loyiha texnologik kompaniyalar, taʼlim muassasalari va innovatsion markazlar bilan hamkorlikda rivojlanadi.
Raqamlarda Robo Fest
Erishilgan natijalar
Festival davomida yoshlarning texnik koʻnikmalari rivojlandi, innovatsion loyihalar namoyish etildi, STEM taʼlimiga qiziqish ortdi va texnologik hamjamiyat shakllandi. Festival Ziyo Forumning rasmiy media platformalari va ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi.
Kelajakdagi rejalar
Kelgusida Robo Festni respublika miqyosida kengaytirish, xalqaro robototexnika musobaqalarini tashkil etish hamda sanoat kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.
