Avlod Grant
Loyiha haqida
Avlod Grant — Ziyo Forum fondining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan ijtimoiy-taʼlimiy tashabbusi. Loyiha kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash va oliy taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaratilgan.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- Toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash
- Talabalarga taʼlimni davom ettirishga koʻmaklashish
- Yoshlarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini kuchaytirish
VAZIFALAR
- Faol, iqtidorli va ijtimoiy faol talabalarni ragʻbatlantirish
- Kontrakt toʻlovini qisman qoplash imkonini berish
- Ochiq va shaffof koʻp bosqichli saralashni tashkil etish
Qanday ishlaydi
Avlod Grant talabalarga oʻqish kontraktining bir qismini qoplash imkonini beradi. Ishtirokchilar koʻp bosqichli saralashdan oʻtadi, gʻoliblarga kontrakt summasining 50 foizi, biroq har bir gʻolib uchun koʻpi bilan 6 180 000 soʻm miqdorida toʻlab beriladi. Loyihada Oʻzbekistondagi barcha OTMlar — davlat, nodavlat va xususiy universitetlarning bakalavriat hamda magistratura talabalari, kunduzgi, kechki, sirtqi yoki masofaviy taʼlim shaklida oʻqiydiganlar, shuningdek super-kontrakt talabalari ham ishtirok etishi mumkin edi.
Loyiha bosqichlari
- 01 Grant eʼloni
- 02 Onlayn ariza (1,5 oy)
- 03 Kahoot onlayn bosqichi
- 04 50 nafar saralash
- 05 Oflayn final
- 06 5 nafar gʻolib
Ishtirok shartlari
Ishtirok etish uchun talabalar 22-noyabrga qadar onlayn ariza topshirishi, Kahoot oʻyinida qatnashishi hamda Ziyo Forum, Avlod Media va Ziyo Appʼning Telegram-kanallari va Instagram-sahifalariga obuna boʻlishi talab etilgan.
Kim ishtirok etadi
AUDITORIYA
- Oʻzbekiston OTMlarining kontrakt asosida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari
TASHKILOTCHILAR VA HAMKORLAR
- Ziyo Forum fondi jamoasi
- Avlod Media va Ziyo App jamoalari
- Saralash tashkilotchilari va final ishtirokchilari
Raqamlarda Avlod Grant
Gʻoliblar va toʻlov summalari
| Gʻolib | Summa |
|---|---|
| Ubaydullayev Bahodir Sirojiddin oʻgʻli | 5 250 000 soʻm |
| Hakimova Gulnoza Sultonmurod qizi | 3 700 000 soʻm |
| Yunusaliyev Ahliddin Doniyor oʻgʻli | 3 885 000 soʻm |
| Zoirov Zufarbek Zafar oʻgʻli | 5 250 000 soʻm |
| Xushvaqtov Yusufjon Alimuhammad oʻgʻli | 6 180 000 soʻm |
Umumiy eʼlon qilingan grant fondi — 31 mln soʻm; har bir gʻolib uchun maksimal summa — 6 180 000 soʻm.
Erishilgan natijalar
Loyiha talabalar orasida katta qiziqish uygʻotdi: 1,5 oy davomida 12 000 ta onlayn ariza qabul qilindi, ulardan 9 500 tasi faol ishtirok uchun tasdiqlandi. Kahoot bosqichida 3 000 nafar faol ishtirokchi qatnashdi, natijalar boʻyicha 50 nafar talaba oflayn finalga yoʻl oldi va 5 nafar gʻolib aniqlandi. Avlod Grant taʼlimiy qoʻllab-quvvatlash, talabalarni jalb qilish va fondning raqamli platformalarini rivojlantirishni birlashtirgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihaga aylandi. U nafaqat talabalarga kontrakt toʻlovida yordam berdi, balki keng yoshlar auditoriyasini Ziyo Forum, Avlod Media va Ziyo Appʼga jalb etdi.
