Ziyo Cup

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, raqamli va sport koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan respublika miqyosidagi musobaqalar loyihasi.

Ziyo Cup — Oʻzbekiston Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish «Ziyo Forum» fondi tomonidan oliy
taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi musobaqalar loyihasi.
Loyiha 2023-yildan buyon muntazam oʻtkazilib, bugungi kunga qadar uning doirasida CS2, Dota 2 va
stol tennisi yoʻnalishlarida jami 7 ta yirik musobaqa tashkil etildi.

Maqsad va vazifalar

MAQSAD

  • Talabalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish
  • Iqtidorli talabalarni aniqlash va qoʻllabquvvatlash

VAZIFALAR

  • Yoshlarning raqamli va sport koʻnikmalarini rivojlantirish
  • Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish
  • OTMlar oʻrtasida barqaror musobaqa tizimini yaratish

Yoʻnalishlar

  • CS2
  • Dota 2
  • Stol tennisi

Mavsumiy tizim: anʼanaviy ravishda bahorgi mavsumda CS2, kuzgi mavsumda Dota 2 turnirlari oʻtkaziladi. Stol tennisi musobaqasi orqali loyiha anʼanaviy sport turlarini ham qamrab ola boshladi.

Oʻtkazilgan musobaqalar (2023–2026)

MUSOBAQA YOʻNALISH OTMLAR ISHTIROKCHILAR
2023-yilgi turnir CS2 38 ta 300 ga yaqin
2024-yil bahorgi turnir CS2 70 ga yaqin 500 ga yaqin
2024-yil kuzgi turnir Dota 2 52 ta 400 ga yaqin
2025-yil bahorgi turnir CS2 110 ta 900 ga yaqin
2025-yil kuzgi turnir Dota 2 60 ga yaqin 500 ga yaqin
Stol tennisi musobaqasi Stol tennisi 32 ta 100 ga yaqin
2026-yil bahorgi turnir CS2 105 ta 1000 ga yaqin
Jami: 7 ta musobaqa qariyb 470 ta 3 700 ga yaqin

Yillar kesimidagi oʻsish

  1. 2023

    Dastlabki yirik turnirda 38 ta OTMdan 300 ga yaqin talaba qatnashdi. Loyihaning asosiy tashkiliy modeli, turnir reglamenti va OTMlar bilan ishlash mexanizmi shakllantirildi.

  2. 2024

    Loyiha yiliga ikki mavsumda oʻtkaziladigan barqaror tizimga oʻtdi: 2 ta yirik turnir, OTMlarning jami ishtiroki 122 tadan, bevosita ishtirokchilar 900 nafarga yaqin.

  3. 2025

    Loyiha hududiy va institutsional jihatdan kengaydi: 3 ta musobaqa (shu jumladan ilk stol tennisi musobaqasi), OTMlar ishtiroki 200 tadan, qatnashchilar 1 500 nafardan ortdi.

  4. 2026

    Bahorgi CS2 turniri loyiha tarixidagi eng yirigi boʻldi: 105 ta OTMdan 1000 ga yaqin talaba. Professional kibersport maydoni, hakamlik tizimi, xavfsizlik va tibbiy xizmat tashkil etildi. Mukofot jamgʻarmasi — 50 mln soʻm, InFinBank homiylik mablagʻi — 110 mln soʻm.

Raqamlarda Ziyo Cup

7 OʻTKAZILGAN MUSOBAQA
3 700+ BEVOSITA ISHTIROKCHI
470 OTM ISHTIROK HOLATI
190 mln SOʻM SOVRIN JAMG ʻARMALARI
30 000 KENGAYTIRIL GAN OFLAYN QAMROV
150 000 UMUMIY AXBOROT QAMROVI

Loyiha qamrovi

Loyiha qamrovi faqat maydonga tushgan talabalar bilan cheklanmaydi. Bevosita ishtirokchilar 3 700
nafarga yaqin boʻlsa, zaxira tarkiblar, murabbiylar, hakamlar va volontyorlar bilan tashkiliy qamrov 5
000 nafardan oshadi. OTMlardagi ichki saralash va tayyorgarlik jarayonlari 20 ming nafarga yaqin
talabani qamrab oldi, tomoshabinlar va muxlislar bilan kengaytirilgan oflayn qamrov 30 ming nafarga
yaqin deb baholanadi. Ijtimoiy tarmoqlar va yuzlab OTMlarning rasmiy axborot resurslari orqali
umumiy axborot qamrovi 150 ming nafarga yaqin auditoriyani tashkil etdi.