Reading Club
Loyiha haqida
Reading Club — Ziyo Forum tomonidan tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy loyiha boʻlib, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni shakllantirish va intellektual hamjamiyat yaratishga qaratilgan. Klub kitobsevarlarni birlashtirib, ochiq muhokama, fikr almashish hamda zamonaviy va klassik adabiyotlarni birgalikda tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Klub yoshlar orasida muntazam kitob oʻqish odatini shakllantirish va intellektual muhitni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kungacha 30 dan ortiq uchrashuv muvaffaqiyatli oʻtkazilgan.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- Kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish
- Tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish
- Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish
- Intellektual muloqot muhitini yaratish
VAZIFALAR
- Kitob muhokamalarini tashkil etish
- Turli janrdagi adabiyotlarni targʻib qilish
- Fikr almashish madaniyatini rivojlantirish
- Oʻqish odatini shakllantirish
Yoʻnalishlari
Qanday oʻtkaziladi
Loyiha muntazam klub uchrashuvlari shaklida oʻtkaziladi. Har bir sessiyada tanlangan kitob muhokama qilinadi, ishtirokchilar oʻz fikr va xulosalarini taqdim etadi. Loyiha tanlov formatida oʻtkazilmaydi.
Asosiy tadbirlar
- Kitob muhokamalari
- Adabiy uchrashuvlar
- Ochiq munozaralar
- Mualliflar ijodi bilan tanishish
- Tavsiya etilgan adabiyotlar muhokamasi
Kim ishtirok etadi
ISHTIROKCHILAR
Oʻquvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar va kitobsevar yoshlar.
SPIKERLAR VA MENTORLAR
Adabiyotshunoslar, oʻqituvchilar, kitobxonlar va taklif etilgan ekspertlar; mentorlar sifatida klub moderatorlari va tajribali kitobxonlar faoliyat olib boradi.
Loyiha kutubxonalar, taʼlim muassasalari va kitob targʻiboti bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda rivojlanadi.
Raqamlarda Reading Club
Erishilgan natijalar
Klub davomida kitobxonlik madaniyati rivojlandi, yoshlarning tanqidiy fikrlashi mustahkamlandi, intellektual hamjamiyat shakllandi va ochiq fikr almashish muhiti yaratildi. Reading Club faoliyati Ziyo Forumning rasmiy media platformalari va ijtimoiy tarmoqlari orqali muntazam yoritib boriladi.
Kelajakdagi rejalar
Kelgusida mashhur yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish, hududiy Reading Club tarmoqlarini yaratish va onlayn kitob muhokamalarini rivojlantirish rejalashtirilgan.
