Global Talk
Loyiha haqida
Global Talk — ingliz tilida oʻtkaziladigan xalqaro forum boʻlib, dolzarb global muammolar boʻyicha qizgʻin munozaralar va bilim almashishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- Talabalar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish
- Iqtidorli talabalarni aniqlash va qoʻllab- quvvatlash
VAZIFALAR
- Yoshlarning raqamli va sport koʻnikmalarini rivojlantirish
- Talabalar boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish
- OTMlar oʻrtasida barqaror musobaqa tizimini yaratish
Yoʻnalishlar
Mavsumiy tizim:
anʼanaviy ravishda bahorgi mavsumda CS2, kuzgi mavsumda Dota 2
turnirlari oʻtkaziladi. Stol tennisi musobaqasi orqali loyiha anʼanaviy sport turlarini ham qamrab
ola boshladi.
Oʻtkazilgan musobaqalar (2023–2026)
| MUSOBAQA | YOʻNALISH | OTMLAR | ISHTIROKCHILAR |
|---|---|---|---|
| 2023-yilgi turnir | CS2 | 38 ta | 300 ga yaqin |
| 2024-yil bahorgi turnir | CS2 | 70 ga yaqin | 500 ga yaqin |
| Jami: 7 ta musobaqa | qariyb 470 ta | 3 700 ga yaqin | |
Yillar kesimidagi oʻsish
-
2023
Dastlabki yirik turnirda 38 ta OTMdan 300 ga yaqin talaba qatnashdi. Loyihaning asosiy tashkiliy modeli, turnir reglamenti va OTMlar bilan ishlash mexanizmi shakllantirildi.
-
2024
Loyiha yiliga ikki mavsumda oʻtkaziladigan barqaror tizimga oʻtdi: 2 ta yirik turnir, OTMlarning jami ishtiroki 122 tadan, bevosita ishtirokchilar 900 nafarga yaqin.
-
2025
Loyiha hududiy va institutsional jihatdan kengaydi: 3 ta musobaqa (shu jumladan ilk stol tennisi musobaqasi), OTMlar ishtiroki 200 tadan, qatnashchilar 1 500 nafardan ortdi.
Raqamlarda Ziyo Cup
Loyiha qamrovi
Loyiha qamrovi faqat maydonga tushgan talabalar bilan cheklanmaydi. Bevosita ishtirokchilar 3 700
nafarga yaqin boʻlsa, zaxira tarkiblar, murabbiylar, hakamlar va volontyorlar bilan tashkiliy qamrov 5
000 nafardan oshadi. OTMlardagi ichki saralash va tayyorgarlik jarayonlari 20 ming nafarga yaqin
talabani qamrab oldi, tomoshabinlar va muxlislar bilan kengaytirilgan oflayn qamrov 30 ming nafarga
yaqin deb baholanadi. Ijtimoiy tarmoqlar va yuzlab OTMlarning rasmiy axborot resurslari orqali
umumiy axborot qamrovi 150 ming nafarga yaqin auditoriyani tashkil etdi.
