Avlod.Media
O'zbekiston talabalari va yoshlari uchun yagona axborot platformasi — ta'lim, imkoniyatlar va talabalik hayoti haqidagi yangiliklar, tahlillar va intervyular
Avlod Media — Ziyo Forum fondining O’zbekiston talabalari va yoshlariga yo’naltirilgan media
loyihasi. U mamlakatdagi ta’lim jarayonlari, yoshlar imkoniyatlari va talabalar hayotini
yorituvchi yagona axborot platformasi sifatida yaratilgan. Loyiha doirasida yangiliklar, tahliliy
materiallar, intervyular, universitetlar sharhlari va podkastlar e’lon qilinadi.
Maqsad va vazifalar
MAQSAD
- O'zbekiston talabalari uchun qulay va foydali media platforma yaratish
- Yoshlarni ta'lim imkoniyatlari, grantlar, karyera va dolzarb jarayonlardan xabardor qilib borish
- Yoshlar jurnalistikasini rivojlantirish va talabalar uchun sifatli kontent yaratish
VAZIFALAR
- Ta'lim, yoshlar siyosati va talabalik hayotini yoritish
- Yangiliklar, tahliliy maqolalar va intervyular e'lon qilish
- OTM sharhlari va podkastlar tayyorlash
- Talabalar uchun imkoniyatlar haqidagi materiallarni tarqatish
Kontent formatlari
Avlod Media
ta'lim, yoshlar siyosati, talabalik hayoti, grantlar, professional rivojlanish
imkoniyatlari va dolzarb voqealar mavzularini yoritadi. Asosiy yo'nalishlar — yangiliklar, tahliliy
maqolalar, talabalar, ekspertlar va ta'lim sohasi vakillari bilan intervyular, universitetlar
sharhlari, podkastlar hamda talabalar uchun imkoniyatlar haqidagi materiallarni e'lon qilish.
Kontent ijtimoiy tarmoqlarda ham faol tarqatiladi.
Kim ishtirok etadi
| AUDITORIYA | SPIKERLAR VA HAMKORLAR | ||
|---|---|---|---|
| Talabalar, abituriyentlar va yosh mutaxassislar | Materiallar qahramonlari — talabalar, yosh mutaxassislar, universitet vakillari, ta'lim ekspertlari, yoshlar loyihalari ishtirokchilari va tajribasi talabalar uchun foydali bo'lgan insonlar. Hamkorlar sifatida universitetlar, ta'lim tashkilotlari, yoshlar loyihalari va media platformalar jalb etiladi. |
Raqamlarda Avlod Media
Erishilgan natijalar
Avlod Media Ziyo Forum fondining talabalik hayoti va ta'lim imkoniyatlarini yorituvchi asosiy
media maydonlaridan biriga aylandi. Loyiha talabalarga grantlar, rivojlanish, karyera va dolzarb
voqealar haqida ma'lumot olishga yordam beradi hamda butun mamlakat yoshlari uchun
yagona axborot muhitini shakllantirishga hissa qo'shadi. Avlod Media O'zbekistonda yoshlar
jurnalistikasi rivojiga hissa qo'shib, yoshlar, ta'lim muassasalari va Ziyo Forum o'rtasidagi
muloqotni kuchaytiradi.
