Smart Assessment
Loyiha haqida maʼlumot:
“Smart Assessment” ilg‘or test markazi — har kim o‘z bilimini baholashi va yaxshilashi mumkin bo‘lgan zamonaviy platformadir. Bizning asosiy maqsadlarimiz — qulay o’quv muhitini yaratish va test jarayonlarini soddalashtirish. Markazimiz professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan. Markaz imtihonlarni samarali topshirish, abituriyentlarning malakasini baholash, shuningdek, ularni tayyorlash uchun barcha zarur zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
